Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi
18:54 / 2026-02-21

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida beshinchi bor o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi va paralimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga tantanali start berildi.

Mazkur sport tadbiri yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ommaviy sportni keng targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Tantanali ochilish marosimida viloyat yoshlari faol ishtirok etib, jamoaviy ruh va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.

Tadbir doirasida mamlakatimizning barcha 14 hududi bir vaqtning o‘zida onlayn tarzda ulanib, ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu esa musobaqaning respublika miqyosidagi ahamiyatini yanada oshirdi.

[gallery-27802]

Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan ajratilgan sport jihozlari jamlanmalari yoshlarga tantanali ravishda topshirildi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA