Xorazmda bayram shukuhi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida Yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash uchun puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Joylarda o‘rnatilgan bayram archalari barchani bayramga chorlamoqda.
[gallery-26919]
Urganch shahri ko‘chalari turfa rangda tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilgan. Madaniyat va istirohat bog‘larida ko‘ngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
Xiva shahridagi “Arda Xiva” majmuasida ham bayram shukuhi hukmron. Bayram archasi atrofida Yangi yil tantanalarini yuksak saviyada o‘tkazish uchun zarur barcha chora-tadbir ko‘rilgan. Joylarda fotozonalar tashkil etilgan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA