French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda “Ayollar daftari”ga kiritilgan bemorlar uchun bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
15:49 / 2021-04-17

Mamlakatimizda kam ta’minlangan, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va ayollarni qo‘lllab-quvvatlash, ularni yillar bo‘yi qiynab kelayotgan muammolaridan xalos etish maqsadida “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari” tashkil etilib, amaliyotga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan ana shu toifa insonlarga yordam berish yo‘lida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xonqa tumanida partiyaning Xorazm viloyat Kengashi, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya ilmiy-amaliy markazi Urganch filiali va Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Temir daftar”ga kiritilgan bemorlarga onkologlar tomonidan bepul jarrohlik amaliyoti ko‘rsatildi.

Tumandagi “Toma” mahallasida yashovchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Feruza To‘raboyeva sog‘ligidan shikoyat qilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy-amaliy markazi Urganch filialiga murojaat qilgan edi. Bemorda sut bezi xavfli o‘smasiga gumon qilinib, onkologiya tekshiruvidan o‘tkazildi.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, F.To‘raboyevada o‘ng tomonlama sut bezi fibroadinomasi tashxisi qo‘yildi.

Filial direktori Toxir Palvanov bemorni “Ayollar daftari” ro‘yxatida turganini e’tiborga olib, tegishli shifokorlar bilan fikrlashib F.To‘raboyevaga keyingi tezkor davo uchun Xonqa tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘naltirildi va bemorni “Ayollar daftari” ro‘yxatida qayd etilganini e’tiborga olib, bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga kelishildi.

– Singlim Feruzani onkologik kasallikka chalinganini eshitib, oilamiz bilan aziyat chekdik, – deydi bemorning opasi Umida To‘rayeva. – Onkologiya markazi Xorazm viloyat filialiga davo izlab borgandik, shifokorlar bizni juda iliq kutib oldi. Hech qanday muammolarsiz, tekshiruvlar qilishdi va bugun bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tganidan singlim, barcha yaqinlarimiz xursand bo‘ldik. Bunday imkoniyatlarni yaratib bergan Prezidentimizga, qolaversa, singlimni dardidan xolos etishdagi bemminnat hizmatlari uchun shifokorlarga minnatdorlik bildiraman. Insonlari qadrlangan yurtda yashayotganimizdan shukronalar aytaman.

Shundan so‘ng rejadagi ikkinchi bemor – tumandagi “Yangi turmush” mahallasida istiqomat qilayotgan, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan, Muhabbat Karimovada ham bachadon miomasi chap tuxumdon kistasi tashxisi bilan bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Shu kuni partiya faollari tumandagi “Muqaddas” mahallasida istiqomat qilayotgan, ko‘krak saratoni bilan kasallangan, 1-guruh nogironi Shoira Karimovaning xonadoniga tashrif buyurib, xolidan xabar oldi. Bemorga bepul dori-darmonlar barobarida “yo‘qlab” keluvchilar samimiy muloqot orqali dalda va umid ham berdi.

– Tibbiyot sohasiga qaratilgan e’tibor va yaratib berilgan imkoniyatlar, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishga hizmat qilmoqda, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan  onkologiya ilmiy-amaliy markazi Urganch filiali direktori Toxir Palvanov. – Onkologik og‘ir va murakkab jarrohlik amaliyotlari faqat Respublika yoki viloyat markazlarida amalga oshirilayotgani chekka qishloqlardagi bemorlar uchun juda qiyinchiliklar tug‘dirayotgan edi. Endilikda bu kabi jarrohlik amaliyotlari tumanlarda ham o‘tkazilmoqda. Bu esa fuqarolarimizga bir muncha qulayliklar yaratdi.

Ta’kidlash lozimki, Xorazmning jonkuyar onkologlari tomonidan beg‘araz tashkil qilinayotgan mazkur xayrli ishlar nafaqat muqaddas “Ramazon oyi”da, balki, yil davomida davom etishi rejalashtirilgan.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA