Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda 12 ta “Ay-Ti park” ochiladi
13:30 / 2023-03-31

Urganch shahrida Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov hududni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi taklif va rejalari haqida hisobot berdi. 

J.Rahimov viloyatda maktab va bog‘chalar barpo etish, aholini uy-joy, ichimlik suvi bilan ta’minlash, yo‘llarni ta’mirlash, umuman, mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ham tashabbuslarini aytdi. Prezident bu borada mutasaddilarga qator topshiriqlarni berdi. 

Xususan, mas’ullarga maktablarda sanitariya holatini yaxshilash, “2 ta til va 1 ta kasbga o‘rgatish” xonalarini tashkil qilish hamda 12 ta “Ay-Ti park” ochish, 25 ta og‘ir maktabni parta bilan ta’minlashga 30 milliard so‘m (qo‘shimcha 14 ta maktabga 16 milliard so‘m ajratish, 100 ta maktabdagi kompyuter sinflari uchun 20 milliard so‘m yo‘naltirish (qo‘shimcha 50 ta maktabga 9 milliard so‘m ajratiladi) vazifasi yuklatildi. 

Shuningdek, 9 ta tibbiyot muassasasini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, viloyat hamda Yangibozor va Bog‘ot perinatal markazlariga 3 ta reanimobil yetkazib berish, yil yakunigacha avariya holatidagi 14 ta ko‘prikni rekonstruksiya qilish, 2023 yilda viloyatdagi mahalliy yo‘llarni to‘liq ta’mirlashga 90 million dollar yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Bundan tashqari, Pitnak, Urganch va Xiva shaharlarida ichimlik va oqova suvini yaxshilash loyihasini boshlashga 41 million dollar yo‘naltirish, yil yakunigacha Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariqni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun “Kaparass” nasos stansiyasidagi ishlarni yakunlash vazifasi yuklatildi. 

Umuman olganda, Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga 2023 yilda qo‘shimcha 400 milliard so‘m (2023 yil davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 150 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 475 million dollar jalb qilinadi. 

O‘zA