Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyatidagi bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda
17:04 / 2025-06-20

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 15 may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  

Xorazm viloyatida ham bu boradagi o‘rganishlar davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarining davlat dasturlariga muvofiqligi, bolalar xavfsizligi va ovqatlanish sharoitlari, muassasa faoliyatining samaradorligi chuqur tahlil qilinayotir.

Bundan tashqari ishchi guruh hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida soha xodimlari bilan bevosita uchrashib, mavjud takliflarni o‘rganmoqda.  

[gallery-23984]

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA