Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratiladi
12:30 / 2025-04-18

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. 

Nizomda:

subsidiya ajratiladigan investorlarga qo‘yiladigan talablar; 

subsidiya olish uchun ariza berish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar; 

arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish tartibi; 

subsidiya ajratishni rad etish asoslari; 

subsidiya sifatida ajratiladigan mablag‘larni investorlarga yetkazish tartibi belgilab berilgan. 

Qarorga ko‘ra, davlat xizmatini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali amalga oshiriladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-2026 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 15 noyabrdagi PQ-394-son qarorining 2 va 3-bandlariga muvofiq, Xorazm viloyatida investorlar tomonidan foydalanishga topshirilgan mehmonxonalarning har bir xonasi uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan quyidagi miqdorlarda bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan edi: 

toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 10 mln so‘m; 

1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln so‘m; 

2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln so‘m; 

3, 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda. 

O‘zA