Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi
14:49 / 2024-02-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga besh yil muddatga 14 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi "Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-306-son va 2023-yil 15-noyabrdagi "Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-366-son qarorlarida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida:

Xorazm viloyatida har bir mahallaning sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash yo‘nalishlaridagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kamida 10 ta loyihani amalga oshirish maqsadida;

Xiva va Urganch shaharlari, Hazorasp, Xiva, Shovot, Bog‘ot va Urganch tumanlarida zamonaviy savdo markazlari va bozorlar hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish, turistik va gastronomik ko‘chalarni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga uzoq muddatli kredit, ijara va lizingga berish uchun yo‘naltiriladi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATBga mazkur qaror doirasida kichik va o‘rta biznes subyektlari loyihalarini amalga oshirishda tijorat banklari hamda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJga resurslarni joylashtirishga ruxsat beriladi.

Qarorga ko‘ra Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi  bir oy muddatda Xorazm viloyatidagi 531 ta mahallada amalga oshiriladigan loyihalar dasturini ishlab chiqadi.

  O‘zA