Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyatida noqonuniy mayning qurilma fosh etildi
13:19 / 2023-11-21

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “S.” MCHJning binosida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanib kelingan. Bu holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi.

Unda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.O. ga tegishli umumiy iste’mol quvvati 228,8 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorining 1-ilovasida nazarda tutilganidek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari talablarini buzganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi.  

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur noqonuniy holat tufayli davlat manfaatlariga 1 milliard 60 million 205 ming so‘m zarar yetkazilgan. Ayni paytda bu haqda tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,  

O‘zA