Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari– qisqa satrlarda
11:30 / 2025-12-16

Hazorasp tumanida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.  

Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar, tuman va shahar hokimliklari vakillari  ishtirokida hal etildi.  

Shuningdek, muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish  va maslahatlar berildi.

***

Hazorasp tumanida o‘quvchi qizlarning zamonaviy kasblarga o‘qitilishi va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning mustaqil hayot yo‘llarini tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida tadbir tashkil qilindi.  

“Kreativ yoshlar” loyihasining “Tadbirkor qizlar akademiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha yosh qizlar uchun tashkil etilgan  seminarda trener va mutaxassislar qizlarga biznes reja tuzish, marketing asoslari, moliyaviy savodxonlik, loyiha boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda amaliy bilim berdi.

Tuman hokimi o‘rinbosari M.Nurillayeva qizlarning savollariga javob berib, ularni kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat qozonishga yo‘naltiruvchi maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

[gallery-26754]

***

Tuproqqal’a tumanida “Xolis” paynet raqamli platforma taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda raqamlashtirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri — “Xolis” raqamli platformasi amaliyotga joriy etildi.  

Ushbu platforma Prezidentning 2025 yil 12 avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish, hisob-kitoblarni shaffof yuritish va soliq yukini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Tadbirda yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilangani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarga platformaning imkoniyatlari, ishlash tartibi va afzalliklari batafsil tushuntirildi.

***

Yangibozor tumanida  "Yosh iqtidorlar festivali" o‘tkazildi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil qilingan festivalda o‘quvchilar o‘zlarining bor iqtidorlarini namoyish qildilar.

Tadbir davomida maktabda tashkil qilingan kitobxonlik, pazandachilik, tikuvchilik, robotatexnika, sport to‘garaklari faoliyati namoyish qilindi.  

Shuningdek "Jadidlar izidan", "Iqtidorli maktab ansambli", "Turon teatri" jamoalari o‘z faoliyatlaridan lavhalar ko‘rsatdilar.  

O‘quvchilar ijrosida qo‘shiqlar, milliy raqslar festival qatnashchilariga ko‘tarinki  kayfiyat ulashdi.

A.Shokirov, O‘zA