Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:31 / 2025-12-10

Xorazm viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida viloyat statistika boshqarmasi, hududlardagi bo‘lim mutaxassislari “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda har bir xonadonning aniq manzilli geolokatsiyasini census.stat.uz onlayn platformasiga kiritmoqdalar.  

Korxona va tashkilotlarda ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Shovot tumanidagi harbiy qismda ana shu mavzuda seminar tashkil etildi.

Seminarda harbiy qismda xizmat qilayotgan askarlarga census.stat.uz onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ishlab chiqilgan videoqo‘llanma namoyish etildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida mamlakatimizning har bir fuqarosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq, to‘liq va to‘g‘ri kiritilishi juda muhim ekanligi ta’kidlandi.

Bu jarayon natijasida viloyat bo‘yicha aholi turarjoylarining aniq soni va joylashish manziliga doir ma’lumotlarga yanada aniqlik kiritiladi va o‘tkaziladigan katta tadbir oldidan xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

***  

Xorazmda keyingi yillarda transport sohasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Shuning natijasida tashish va saqlash xizmatlari hajmi yildan yilga ortib bormoqda. Viloyatda shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan korxonalar soni 1 ming 31 tani tashkil etadi.  

Hududlar bo‘yicha transport korxonalari soni bo‘yicha Hazorasp tumani, Urganch shahri va Honqa tumanlari yetakchilik qilmoqda.

***  

Xorazmda mingdan ortiq tadbirkor  Biznes ombudsmanga murojaat qilgan.  

Viloyatda ayni damda 46 mingga yakin  tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmokda. Bundan tashqari, 314 mingga yakin fuqaro esa o‘zini o‘zi band kilgan holda  tadbirkorlik faoliyati bilan  shug‘ulanmokda.  

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish vakil devoni shu’ba mudiri Abdulla Boltayevning ma’lum qilishicha, ularga joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlardan  jami 1 ming 79 ta  murojaat kelib tushgan. Shundan, 302 tasi  bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklangan. Shuningdek, 342  tadbirkorga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

[gallery-26656]

***  

Xiva shahar hokimligida viloyat sudyalari, shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi, Mahallalar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, shahar bosh imom-xatibi hamda otinoyilar ishtirokida oilaviy ajrimlarning oldini olish, nizoli oilalarda kelishuvni ta’minlash va sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida sudyalar tomonidan oilaviy nizolarni erta bosqichda bartaraf etish, oilada o‘zaro hurmat va mas’uliyatni kuchaytirish, nizolarni sudgacha hal qilishning ustunliklari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, oilalar tomonidan ko‘tarilgan muammolar joyida o‘rganildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mazkur uchrashuv oilalarda barqarorlikni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini kuchaytirish hamda ajrimlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.  

A.Shokirov, O‘zA