Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
13:53 / 2025-10-31

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining XIV sessiyasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog‘liq 13 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi. 

Depututlar mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z takliflarini bildirdilar.

*** 

Fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammoli masalalarga yechim topish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab- quvvatlashda xalq bilan muloqotda bo‘lish, joylarda muntazam o‘tkazilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

[gallery-26011]

Yangiariq tumani hokimi Zafarbek Matnazarovning navbatdagi sayyor qabulida ham fuqarolarning uy- joy, kadastr, kredit olish, davolanish, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

*** 

Davletova Rayhon Maqsudovna Urganch shahar hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
R.Davletova tayinlovga qadar Urganch shahri Yangi hayot mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlagan. 

*** 

Urganch tumanida davlat xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida tuman hokimligi apparati xodimlari, shuningdek tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
O‘quv soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan ilm.argos.uz platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etildi. 
Mazkur mashg‘ulotlar davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy malakasi va fuqarolik mas’uliyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

*** 

Ummon davlatining Maskat shahrida kattalar jamoalari o‘rtasida Regbi-7 bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. 
Unda Urganch davlat pedagogika instituti talabalari Feruza Yangiboyeva va Gulruh Ro‘zmatova O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibida yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Mazkur chempionat XXXIV “Los Angeles–2028” yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ballarini to‘plash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, terma jamoamiz esa ushbu yo‘lda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

A.Shokirov, O‘zA