Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
23:35 / 2025-09-27

“Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudova Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida viloyat korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Xorazm viloyatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xususan, maishiy korrupsiyaga barham berish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning Urganch tumanidagi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

*** 

Tuproqqal’a tumanida Oila va xotin-qizlar maskani faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, hunarmandchilik va tadbirkorlikka jalb etish hamda ayollar salomatligini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Tuproqqal’a tumanida bo‘ldi. 

Tanishuv jarayonlari avvalo tumandagi Oila va xotin-qizlar maskani faoliyatini o‘rganishdan boshlandi. Mazkur maskanda ayollarga hunarmandchilik va tadbirkorlik, tibbiy-psixologik hamda sog‘lomlashtirish kabi 6 yo‘nalishda turli xizmat va ko‘maklar ko‘rsatib kelinmoqda. 

*** 

Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin provinsiyasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan  “China Liaoning International Investment and Trade Fair”  xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasida Xorazm viloyati vakillari ham faol ishtirok etdi.

Xorazm delegatsiyasi ushbu ko‘rgazmada viloyatning investitsion va turizm salohiyati, sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, viloyatning boy tarixi, turistik jozibasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida Xitoyning turli kompaniyalari va biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ikki tomon o‘rtasida turistlar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

***

Urganch olimpia va paralimpia sport turlariga tayyorlash markazida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smir qiz va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi "O‘zbekiston kubogi” musobaqasining stol tennisi bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 105 nafar qiz va 110 nafar o‘g‘il bola o‘z mahoratlarini namoyon etib, jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

[gallery-25502]

A.Shokirov, O‘zA