Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:56 / 2025-08-12

Tuproqqal’a tumani hokimligida Xorazm viloyat prokurori Murodxon Ahmedovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlar tomonidan asosan imtiyozli kreditlash, yer va noturar ob’ektlar kadastri masalalarida murojaatlar bildirildi.

Har bir masalani qonuniy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi prokuror nazoratiga olindi.

***

Xorazmda “Umumta’lim maktablariga yangi baholash tizimini joriy qilish, mas’ul maktablarni biriktirish va tizim mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda sohaning viloyat, tuman va shahar mas’ullari,  maktab direktorlari hamda pedagoglar qatnashdi.

Unda viloyatdagi jami 350 ta maktab uchun joriy qilingan baholash tizimning umumiy mazmun-mohiyati,  2024-2025 o‘quv yilidagi natijalar tahlili va kelgusi yil rejalar,muhokama etildi. Shuningdek, mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida  ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

***

Xonqa tumanidagi  Istiqlol mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov mahalladagi bir guruh fuqarolarning moddiy hamda tibbiy yordam, bandlik, kredit ajratilishi masalalari bo‘yicha murojaatlarini tingladi.

Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari shu yerda hal etildi. Vaqt talab etadiganlari qonuniy yechimi bo‘yicha soha vakillariga biriktirildi hamda qat’iy muhlatlar berildi.

***

2025 yil 9–10 avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Xorazm terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yakka va jamoaviy bahslarda 8 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Voha sportchilarining ushbu yutuqlarga erishishida terma jamoa murabbiylari Alisher Qurbonov hamda Xolmuhammad Alimovning hissalari bor.

–  Chempionat juda yuqori saviyada tashkil etildi, – deydi terma jamoa murabbiysi Alisher Qurbonov. –  Markaziy Osiyoning turli davlatlaridan kuchli sportchilar qatnashdi. Biz uchun bu musobaqa katta tajriba maktabi bo‘ldi. Xorazm jamoasi a’zolari o‘zlarini munosib ko‘rsatishdi va yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda sportchilarimiz o‘zlarining texnik va jismoniy tayyorgarligini namoyon etishdi.

A.Shokirov, O‘zA