French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:54 / 2022-05-18

Xorazm viloyatida ham fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) saylovi uyushqoqlik bilan, yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat, tuman va shahar komissiyalari, ishchi guruhlar tomonidan aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga obro‘-e’tiborli, faol va tashabbuskor nomzodlar ko‘rsatildi. Har bir ko‘cha, qishloqdan vakillar yig‘ilishida ishtirok etuvchilar ro‘yxati shakllantirildi. 

Xorazm viloyatida 526 ta mahallaga rais saylanadi. Saylovning birinchi kuni viloyatning 55 ta mahallasida fuqarolar o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.

* * * 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filialida Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Tadbirda filial rahbariyati tomonidan korrupsiyadan xoli boshqaruv tizimi va davlat tashkilotlari bo‘sh vakant lavozimlariga shaffof o‘tkazilayotgan tanlovlar yuzasidan axborot berildi. 

* * * 
Bog‘ot tumanida valyuta mablag‘larini noqonuniy ayirboshlash holatining oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.S. va M.J. o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.J.ga har bir AQSH dollarini 11 230 so‘mdan sotishga kelishib, jami 6 800 AQSH dollarini 76,3 million  so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 7 ming AQSH dollari, 13,5 ming Rossiya rubli va 1,6 million so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

* * *
Xorazm viloyatida davlat zaxirasidagi va tomorqa yer maydonlarining sotilishi oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.M. fuqaro J.ga Xonqa tumani, “Olaja” qishlog‘idagi davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun har bir sotixini 25 million so‘mdan sotishga kelishib, qurilish ishlari boshlaganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 8 ming 700 AQSH dollari va 3 million so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro S.A. fuqaro N.ga Xonqa tumanidagi 15 sotix tomorqa yer maydonining har bir sotixini 15 million so‘mdan turar joy qurish uchun sotishga kelishib, qurilish ishlarini boshlaganidan keyin hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 7 ming 900 AQSH dollari va 2,2 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.M. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, “Yoshlik” mahallasidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 4 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, qurilish ishlari tugallanganidan keyin uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 4 ming 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ahmadjon Shokirov, O‘zA