Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati: Kun xabarlari qisqa satrlarda
18:23 / 2020-01-09

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun navbatdagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.


Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun navbatdagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Oʻtgan 2019-yilda viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmat xodimlari, sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda bir qator profilaktik tadbirlar oʻtkazilishi natijasida umumiy jinoyatchilik 2018-yilga nisbatan 2,1 foizga kamayishiga erishilgan.

Jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatdagi 519 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining 265 tasida jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham batafsil javob oldilar.

photo5240062819737643942.jpg

***

Urganch shahrida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi hamda yoshlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlari, eng chekka hududlaridan ham ish izlayotgan yigit-qizlar ishtirok etdi.

Viloyatda bugungi kunda yoshlar soni 1 million 54 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Ularning orasida doimiy ish oʻrniga ega boʻlmaganlarining bandligini taminlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Bayramona tarzada tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasining ochilish marosimida ishtirok etgan Xorazm viloyati hokimi, birichi sektor rahbari Farhod Ermonov 2020-yil Oʻzbekistonda, jumladan, Xorazm viloyatida ham “Yoshlarga oid davlat siyosati” ni amalga oshirishda tub burilishlar yili boʻlishini taʼkidladi. Bunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlar masalasidagi barcha muammolarni bartaraf etishda muhim omil boʻladi.

Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasiga viloyatdagi korxona va tashkilotlardan jami 3 ming 823 ta boʻsh ish oʻrni qoʻyildi. Yakuniy natijalarga koʻra, 1 ming 731 tasiga nomzodlar tanlab olingan. Shundan 1 ming 540 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, tadbirda 927 nafari xotin-qizning bandligini taʼminlashga erishildi.