English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati kasaba uyushmalari kengashiga yangi rais tayinlandi
17:48 / 2023-04-03

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Viloyat kengashi a’zolari kengash raisligiga ko‘rsatilgan Gulsara Qurbonboyeva nomzodini qo‘llab quvvatladi.  

Gulsara Ahmedovna Xorazm viloyati perinatal markazi direktori, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.  

Shu kunga qadar Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.  

A.Shokirov, O‘zA