Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati hokimi boshchiligida urush faxriylari holidan xabar olindi
15:46 / 2021-05-08

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi raisi Davronbek Ibragimov va bir qator mutasaddi tashkilotlarning vakillari Urganch shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Jabbor bobo Qalandarov hamda Sabir ota Qurbanovlar xonadonida bo‘ldi.

Urush faxriylariga Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining tabrigi o‘qib eshittirilib, 12 million so‘m pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi, deyiladi  O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi  “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabarida.

Harbiy orkestr tomonidan urush yillariga oid kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘quvchi yoshlar g‘alaba va urush qahramonlarini madh etuvchi she’rlarni o‘qidilar.