Mavsumning oltita asosiy musobaqasi natijalari asosida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hududlarning medallar jamlanmasi bo‘yicha reytingini shakllantirdi. Unda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati va Prezident olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, hududlar sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar sarhisob qilingan.
Yil yakunida Xorazm viloyati qo‘lga kiritilgan medallarning umumiy soni va sifati bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, reytingning mutlaq yetakchisiga aylandi. Mazkur reyting tahliliy vosita sifatida hududlar faoliyatini xolisona baholash, raqobat muhitini yaxshilash hamda O‘zbekistonda dzyudoni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalarni belgilashga xizmat qiladi.
Reytingni shakllantirishda quyidagi musobaqalar natijalari inobatga olindi:
— U23 yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati (Chirchiq);
— kadetlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Andijon);
— kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Buxoro);
— Prezident olimpiadasi (Toshkent),
— o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Qarshi);
— kichik kadetlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati (Qarshi).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA