Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati delegatsiyasi Yaponiyada
20:01 / 2025-11-12

Ayni kunlarda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Kunchiqar mamlakatga tashrif davomida  xorazmlik delegatsiya a’zolari Yaponiyaning 10 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, viloyat iqtisodiyotiga yapon sarmoyasini jalb qilish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali muloqotlar olib bormoqda.  

Hokimlik matubot xizmatining xabar berishicha, hozirda “In Aid So. ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarni  AKT sohasi bo‘yicha o‘qitish va Yaponiyada ish bilan ta’minlash, “Vortex” kompaniyasi tomonidan Xorazmda zamonaviy mehmonxona qurish, Yaponiyaning eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Nippon Travel Agency”  bilan Xorazm viloyatiga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Delegatsiyaning Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri