Xorazm viloyati delegatsiyasi Turkiyada muzokaralar oʻtkazmoqda
Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston – Turkiya hududlararo hamkorligini kengaytirish maqsadida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi delegatsiyaning Adana shahriga tashrifi tashkillashtirildi.

Delegatsiyaning Adana shahriga safari Turkiyaning ASKON assotsiatsiyasi mahalliy ishbilarmonlari bilan tashkillashtirilgan uchrashuvdan boshlandi.
Bugun, 29 aprel kuni mamlakatimiz delegatsiyasi Adana viloyati hokimi Mahmud Demirtash hamda Adana shahar hokimi Zeydan Karalar bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Kunning ikkinchi yarmida Adanada Oʻzbekiston – Turkiya ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. Uning doirasida “Yangi Oʻzbekiston” deb nomlangan taqdimot namoyish etildi. Unda mamlakatimizdagi sarmoyaviy muhit, biznes va hamkorlik imkoniyatlari, yurtimizning iqtisodiy va savdo salohiyatiga doir maʼlumotlar taqdim etildi.
Shundan soʻng B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil qilindi, aniq va amaliy loyihalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.
Xorazm viloyati delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davom etmoqda.