English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati bo‘ylab chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda
08:32 / 2023-07-12

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun!” shiori ostida barcha tuman va shaharlarda davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiyot birlashmalarining tor doiradagi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda.

[gallery-12742]

Ana shunday tibbiy ko‘riklardan biri Urganch shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib o‘tdi. Viloyat tibbiyot markazlari va shahar tibbiyot birlashmasidan tashrif buyurgan shifokorlar 400 nafardan ziyod fuqaroni ko‘rikdan o‘tkazdi. Kasallik aniqlangan fuqarolarga ambulator va statsionar muolajalar tavsiya qilindi. Bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Ko‘riklar davomida 40 yoshdan oshgan fuqarolarda endokrin va yurak qon- tomir kasalliklari skriningi amalga oshirildi. Shuningdek, mobil mammografda 45 yoshdan oshgan ayollar ko‘krak bezi saratoniga tekshirildi. Mobil oftalmologik avtobusda fuqarolarning ko‘rish qobiliyatidagi muammolari aniqlanib, zarur tavsiyalar berildi. Ko‘chma qon quyish markazi donorlik qilish ishtiyoqidagi yurtdoshlarimiz xizmatida bo‘ldi.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA