Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xorazm», «Paxtakor», «Navbahor» va «Odil-Junior» yarim finalda!
13:47 / 2021-10-11

Katta shov-shuvlar bilan start olgan va davom etayotgan 14 yoshlilar o‘rtasidagi mamlakat chempionatining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tarkibida iqtidorli o‘smirlar ko‘pchilikni tashkil etgan andijonliklar hal qiluvchi bahsda yagona gol evaziga xorazmlik raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi. Guruh o‘yinlarida yuz foizlik natija qilgan «Nasaf» «Paxtakor» bilan o‘yinda yutqazib qo‘ydi. «Navbahor» va «Qizilqum» uchrashuvi tomoshabop, qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Ikki bo‘lim oxirigacha tengma-teng kurashgan jamoalar bahsida bosh hakam qo‘shib bergan vaqtda omad namanganliklarga kulib boqdi. «Nurafshon» va «Odil Junior» jamoalari bahsi ham keskin xatti-harakatlarga boy bo‘ldi.

 Buxoroliklar ikki bor o‘yin qoidasini buzishdi va har ikkalasida ham penaltilardan jabr ko‘rishdi, so‘nggi uchinchi gol esa qo‘shimcha daqiqalarda kiritildi.  

Avvalgi kungi o‘yinlarda bo‘lgani kabi chorak finalda ham esda qolarli voqealar ko‘p bo‘ldi. Birinchidan, musobaqani yuqori saviyada tashkil etib berayotgan O‘zPFL har gal uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash va munosib taqdirlashni yo‘lga qo‘ydi. Birinchi turda o‘zbek futboli jurnalistikasi otaxoni Axbor Imomxo‘jayevning «Asr futbolidagi asl qadrdonlarim» nomli ensiklopediya misolidagi kitobi, ikkinchi turda sifatli, qimmatbaho koptoklar, uchinchi turda «aqlli soat» kabi sovrinlar bilan taqdirlangan yosh futbolchilar bu gal butsalarga loyiq topildi.  «Odil Junior» hujumchisi Akmal Ahmadov o‘yin davomida urgan golini futbolga havas qila boshlagan ukasiga bag‘ishlaganini, unga taqdim etilgan butsani ham ukasiga in’om qilishini yashirmadi...

Shu tariqa tashlangan qur’aga ko‘ra, yarim finalda «Xorazm» – «Paxtakor» bilan, «Navbahor» esa «Odil-Junior» bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. O‘yinlar «Chig‘atoy» stadionida tashkil etiladi.

U-14. Chempionati

Chorak final. 10 oktyabr, yakshanba. «Chig‘atoy» stadioni.

XORAZM – ANDIJON – 1:0 (0:0). 47 tomoshabin.

Gol: Abror Husainov (46)

NASAF – PAXTAKOR – 1:4 (1:2). 67 tomoshabin.

Gollar: Shohjahon Eshboyev (27), Ozod Najmiddinov (70+2-o‘z darv.) – Quvonish Saydaliyev (3, 31), Farruh Agayev (39-pen.)  

NAVBAHOR – QIZILQUM – 1:0 (0:0). 35 tomoshabin.

Gol: Abdulloh Jamolov (70+1)

NURAFSHON – ODIL JUNIOR – 0:3 (0:0)

Gollar: Akmal Ahmadov (51-pen., 58-pen.), Mo‘minjon Bahodirxonov (70+2).  O‘zA

 

Oybek Yunusov, O‘zA