Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Xorazm palovi" xalqaro osh festivali (+video)
10:15 / 2025-11-30

Xiva shahrining "Arda Xiva" turizm majmuasida joriy yilning 14 dekabr kuni “Xorazm palovi” xalqaro osh festivali bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro festivalda 70 dan ortiq osh ustalarining bellashuvi, taniqli oshpazlarning “Mahorat darslari”, hunarmandchilik, “AGRO” va “FOOD” turizm ko‘rgazmalari, mamlakatimiz va xorijning mashhur san’atkorlari ijrosida konsert dasturlari, shuningdek, “Ko‘ngilochar” tomoshalar tashkil etiladi. 

Shu kuni Xorazmda ilk bor 9 tonna osh tayyorlanadi.

Tadbirda butun dunyodan kelgan oshpazlar, sayyohlar va bloggerlar, sharq oshxonasi muxlislari yurtimizning boy gastronomik merosini birgalikda targ‘ib etadilar. 

Bu esa voha va uning mehmonlari uchun sharqona mehmondo‘stlik muhitidan, o‘ziga xos ta’mlar va san’atdan bahramand bo‘lishning ajoyib imkoniyatidir.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/o-xxWRoGeqA" title="&quot;Xorazm palovi&quot; xalqaro osh festivali" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat, video), O‘zA