Xorazm navbatdagi yirik xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan joriy yil 11-12-may kunlari Xiva shahrida tashkilotiga aʼzo davlatlarining Transport vazirlari navbatdagi uchrashuvini tashkil etish koʻzda tutilgan.
Ushbu anjumanda ishtirok etuvchi martabali mehmonlar, delegatsiyalar aʼzolari bugun — 11-may kuni Urganch xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Mehmonlar kun davomida Xiva shahrida boʻlib, «Ichan qalʼa»dagi obidalar, boy tarixga ega ziyoratgohlarda boʻlishdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning transport vazirlari uchrashuvi doirasidagi muhim tadbirlar 12-may kuni boʻlib oʻtadi. Unda transport sohasiga doir koʻplab masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Tadbir tafsilotlari haqida birinchilardan boʻlib xabardor boʻlishni istasangiz, OʻzA-rasmiy saytini va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.
Ahmadjon SHOKIROV, OʻzA muxbiri