Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yozuvchilar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat boshqarmasi hamda O‘bekiston muddofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Mamlakatimizda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, kasbga sadoqat va mas’uliyat hissini oshirish, milliy va xalqaro huquq normalari asosida xodimlarning ma’naviy salohiyati va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda olimlar, yozuvchi, shoir va siyosatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtiroki ta’minlanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida mazkur yo‘nalishda bir qancha tadbirlar o‘tkazilib, mazkur tadbirlarda bir qator vazirlik va qo‘mitalarning viloyatdagi bo‘limlari bilan har tomonlama hamkorlik qilinmoqda.
Imzolangan memorandumlar bu boradagi hamkorlik ishlarning huquqiy asosi bo‘libgina qolmay, kelgusida ichki ishlar organlarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni yanada mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tishiga mustahkam poydevor bo‘ladi.
[gallery-3588]
– Biz ichki ishlar organlari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva. – Biroq mazkur memorandum hamkorligimizning huquqiy asosi bo‘ldi. Mamlakatimizda ichki ishlar tizimida olib borilayotgan ma’naviy ma’rifiy sohadagi izchil islohotlar, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, tizimda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish soha hodimlarining ma’nan barkamol bo‘lishi va samarali foaliyat yuritishlarini ta’minlaydi.
Mazkur memorandumlar olib borilayotgan ishlarning yanada jadal sur’atlarda davom etishi uchun xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Xalqimiz manfaatlari va xohish-irodasi ko‘zlangan islohotlar faoliyatimiz mezoni bo‘ladi” nomli maqolasi mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan saylov qonunchiligi targ‘ib etildi.
Ahmadjon Shokirov, Umarbek Bekjonov (surat), O‘zA