Xonqa tumanining ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Hududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi, yangi loyiha va tashabbuslar, ish o‘rini yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov bu borada Xorazm viloyati Xonqa tumanda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida hokim yordamchilari bilan muloqot o‘tkazdi.
[gallery-25687]
Suhbat chog‘ida yuqoridagi masalalar atroflicha o‘rganilib, bu borada har bir mahalladagi imkoniyatlar sarhisob qilindi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA