Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonobod shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
15:18 / 2025-11-01

Tayinlov

Sessiyada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, tashkilot va korxona rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, mutasaddi xodimlar, tuman faollari qatnashdi.  

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Xonobod shahriga Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan Abdurahmonov Elyorbek Inomidinovich hokim etib tayinlandi.

Elyorbek Abdurahmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.  

U 2007 yil Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini (kunduzgi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

F.Ubaydullayev, Z.Umurzoqov (surat),O‘zA