Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonbibi hassaga emas, o‘z oyoqlariga suyanadi
19:20 / 2023-03-13

Qashqadaryoda ilk bor tizza bo‘g‘imini endoprotezlash operatsiyasi bajarildi. Bu haqida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yana bir yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti ilk bor bajarilgan.

Dehqonobod tumani G‘o‘roti qishlog‘ida yashovchi, 58 yoshli Xonbibi Esanova ko‘p yillardan buyon tizza bo‘g‘imi gonartrozi (yemirilishi)dan aziyat chekib kelgan. Yirik shaharlarda malakali mutaxassislarga ko‘ringan. Ammo keyingi yillarda davolanishlar deyarli samarasiz bo‘lgan. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya bo‘limida tekshiruvlardan so‘ng unda “tizza bo‘g‘imini endoprotezlash” operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.  

Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi. Tez orada Xonbibi opa qo‘ltiqtayoq yoki hassaga emas, o‘z oyoqlariga suyanadi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.