Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xonatlas"festivali: milliylik qadriyatlarimiz ziynati (+video)
17:34 / 2024-04-18

Yilning istalgan paytida kiyilsa ham, o‘zining jilvasi bilan ko‘rgan ko‘zni quvnatadigan atlas va adras o‘zbek xalqining qadimiy milliy matosi hisoblanadi. Ushbu matodan tikilgan liboslar ayollarimizni yanada go‘zal va latofatli qilib ko‘rsatadi.

Mana bir necha yildirki, "Xonatlas" milliy festivali butun Respublika bo‘ylab ananaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Milliy atlas va adraslarimiz ruhiyatni tetiklashtiruvchi, kayfiyatni ko‘tara olish kabi xususiyatlarga ega. Bu libosni egniga kiygan ayollarda hayo bilan g‘urur o‘zining baland cho‘qqisiga chiqib oladi. Ipak jilosida vatanning ranglarga ko‘chgan shu’lasi nur taratadi.

Bu galgi "Xonatlas" festivali "Libos-qalb ko‘zgusi" mavzusida o‘tkazilib, tadbirning o‘tkazilishidan asosiy maqsad - yoshlar orasida kiyinish madaniyatini rivojlantirish, milliy kiyimlarning zamonaviy uslubdagi andozalarini yaratish, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollarning kiyinish uslubi borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadbir davomida mashhur dizaynerlar tomonidan liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari xalq og‘zaki ijodi, laparlar, xalq qo‘shiqlarini kuylayotgan turli an’anaviy folklor guruhlarning kuy-qo‘shiqlarini tinglab odamni baxri diling yayraydi. Beixtiyor tadbir ishtirokchilarining ko‘zlaridagi quvonch va shodlikni ko‘rib ana shunday go‘zal qadriyatlari saqlanib qolgan yurtga faqat bayramlar yarashadi deging keladi.

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/Wo16-Br1bPs" title="“Xon atlas festivali”: milliylik qadriyatlarimiz ziynati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Alijonov (video), O‘zA