Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonatlas haftaligi – qadriyatlar namoyishi
15:06 / 2024-09-12

Shu kunlarda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab an’anaviy “Xonatlas haftaligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu haftalikda “O‘zbekgidroenergo” AJ va uning tizim tashkilotlari ham faol qatnashmoqda. Kuni kecha “Toshkent GESlar kaskadi” UK xotin-qizlar jamoasi ham ushbu tadbirni ko‘tarinki ruhda tashkil etdi.

–Ochig‘i, ushbu haftalik jamoamiz xotin-qizlari uchun quvonch ulashadi. Ular egnidagi milliy libos, ya’ni atlas ko‘ylak momolarimiz orzu-istaklari ifodasidir. Negaki, bu bizning uzoq yillik an’nalarimiz bilan bog‘liq. Ularni davom ettirish esa har birimizga mas’uliyat yuklaydi. Demak, “Xonatlas haftaligi” nafaqat atlas ko‘ylakni namoyish qilish emas, balki qadriyatlarni asrash va kelgusi avlodga yetkazishdek muhim tadbir hisoblanadi, –dedi “Toshkent GESlar kaskadi” UK xotin-qizlar vakili Nargiza Xolmatova.

Tadbir yakunida “Toshkent GESlar kaskadi” UK xotin-qizlar jamoasi haftalik jarayonlarini suratlarda muhrladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA