Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonariqliklar 640 gektar yerga ekilgan sabzidan 25 ming tonna hosil olish taraddudida
11:21 / 2023-11-18

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida eng chekka hududlar sirasiga kiruvchi “Xonariq” mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming 294 nafar aholi istiqomat qiladi. Dehqonchilik mahallaning asosiy drayveri sifatida tanlangan. Ayniqsa, bu yerliklar sabzi yetishtirishni yaxshi o‘zlashtirgan.

Mahallada yetishtirilgan sabzi mahsulotini shu yerning o‘zida tashkil etilgan muzlatkichli omborxonalarda saqlab, ichki bozor ehtiyojidan ortganini qish va bahor oylarida eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda xonariqliklar 640 gektar yerga sabzi ekib, 25 ming tonna hosil olishni ko‘zlab turibdi.

[gallery-14644]

  Usta mirishkorlardan biri – Xayrullo Usmonov har yili sabzidan mo‘l hosil yetishtiradi. Shu bilan birga xonadonida 2 sotix maydonda issiqxona ham tashkil qilgan. Issiqxonada 40 tup limon ko‘chatlari parvarishlanadi. U  bu yil 8 gektar yerga sabzining  “Silindr”  navini ekkan bo‘lib, ayni kunlarda hosil yig‘ishtirib olinmoqda. Bu borada 50 nafardan ziyod ishsiz oila vakillari mavsumiy yumushga jalb etilgan. Ularga kunlik ish haqidan tashqari issiq ovqat, yo‘lkira puli ham beriladi.

- Ota-bobolarimiz sabzini yer tagidagi “oltin qoziq”, “oltin xazina” deya bejizga aytmagan, - deydi Xayrullo Usmonov. - Mahalla ahli ushbu dehqonchilikka zamonaviy mezonlar asosida yondashib, kam bo‘layotgani yo‘q. Sabzi yetishtirish orqali har bir xonariqlik oilasida fayz bor, baraka bor.

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA