Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonanda jarimaga tortildi: raqqosaga pul qistirish qonunda taqiqlanadi
19:44 / 2018-12-21

Tojikiston janubidagi Shamsiddin Shoxin tuman sudi xonanda – Youtube yulduzi Qadami Qurbonni “Xalq anʼanalari, urf-odatlari va marosimlari” toʻgʻrisidagi qonunni buzgani uchun 3 ming somoni ($300 dan koʻproq) jarimaga tortdi.

Tojikiston janubidagi Shamsiddin Shoxin tuman sudi xonanda – Youtube yulduzi Qadami Qurbonni “Xalq anʼanalari, urf-odatlari va marosimlari” toʻgʻrisidagi qonunni buzgani uchun 3 ming somoni ($300 dan koʻproq) jarimaga tortdi.

Shamsiddin Shoxin tumanidagi Chagam qishlogʻida yashovchi 48 yoshli Qadami Qurbon oʻzining kulgili va parodiya qoʻshiqlari bilan mashhur boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yuz minglab odamlar tinglab, tomosha qiladi.

Tuman sudining masʼul xodimi Bobomurod Najmiddinzodaning maʼlum qilishicha, Qadami Qurbon oʻzi oʻgʻlining toʻyida raqqosaga pul qistirgan.

“Xalq anʼanalari, urf-odatlari va marosimlari” toʻgʻrisidagi Tojikiston Qonuniga koʻra, toʻy va tantanalarda raqqosalarga pul qistirish taqiqlanadi.

“Qadami Qurbon tomonidan huquq buzilishi aks etgan video tarmoqqa joylashtirildi”, deydi Najmiddinzoda. Uning soʻzlariga qaraganda, sudya Qadami Qurbonga oʻn kun muddatda jarimani toʻlashni yuklagan.

“Qadami Qurbon sud qaroriga qarshilik koʻrsatmadi”, deydi tuman sudi xodimi.

Qadami Qurbonning oʻzi oʻgʻlining toʻyida Zafar Ayubovning musiqiy guruhi raqqosasiga pul berganini tan oldi.

“Ammo video internetga qanday joylashtirilganini bilmayman”, deydi xonanda. “Xalq xonandasi”ning oʻgʻli Qanoat xalq anʼanalari, urf-odatlari va marosimlari qoʻmitasining vakillari aynan otasini jazolaganidan norozi ekanini aytdi.

“Koʻplab toʻylarda raqqosalarga pul qistirishadi. Nima uchun faqat otamni jazolashmoqda?” deydi u.

Qanoat otasi bilan birgalikda toʻy va tantanalarda chiqish qiladi. Guruhning uchinchi ishtirokchisi – Zaynab Sharq raqqosalarini parodiya qilish bilan mashhur.