Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonanda va bastakor Erkin Qaytarov nufuzli tanlov g‘olibi bo‘ldi
15:30 / 2022-11-19

Toshkentda Bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar" IV respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlov maqom san’atini yanada rivojlantirish va zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an’analarini keng targ‘ib qilish, maqom namunalari asosida zamonaviy asarlar yaratish, shu yo‘nalishda ijod qilib kelayotgan bastakorlar hamda musiqashunoslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Poytaxtimizda mazkur tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov ham ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Taniqli san’atkor “Samarqand soqiynomasi” asari uchun 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

O‘zA