Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonadonlarda to‘qsonbosdi ekinlarni parvarishlash e’tiborda
17:49 / 2021-12-09

Andijon viloyatida tasdiqlangan hududiy dasturga asosan aholi tomorqalariga 12 ming 794 gektar “to‘qsonbosti” usulida eksportbop sabzavot ekinlarini ekish belgilangan. Joriy yilning 1 dekabr xolatiga 11,2 ming gektar tomorqaga sabzavot ekinlari ekildi. 3 ming 393 gektar piyoz, 2 ming 567 gektar sabzi shular sirasidandir.

Shuningdek, hosildorlikni oshirish, tomorqa yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish, to‘qsonbosti ekinlarni 20-30 foizga ko‘p ekishga e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yil uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yanada ko‘paytirishga zamin yaratish maqsadida joriy yil yakuniga qadar 15 ming gektardan ortiq maydonga ekinlar ekilish mo‘ljallanmoqda.

Shu maqsadda viloyat va tumanlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahorat darslari tashkil etilmoqda. Buloqboshi tumani Zarg‘aldoq MFY yashovchi Abduraim Umarov xonadonida bo‘lgan to‘qsonbosdi ekinlarini parvarishlash bo‘yicha o‘quv amaliy seminar ulardan biridir.

Ushbu seminarda O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimlari, tuman hokimining o‘rinbosari va qirqqa yaqin MFY raislari, usta dexqon tomorqachilar, “Tomorqa xizmat” MCHJ raxbarlari ishtirok etdi.

Unda Buloqboshi tumanida 2021 yilda avgust-sentyabr oylarida 423 gektar maydonga to‘qsonbosdi ekinlarini ekish rejalashtirilgani, hozirda tomorqa yer maydonlariga rejaga nisbatan 30 foiz ortig‘i bilan to‘qsonbosdi ekinlari ekish choralari ko‘rilayotgani aytildi. Xususan, xozirda 85 gektar maydonga piyoz, 338 gektarga sarimsoqpiyoz to‘liq ekilgan.

Seminarda Uchtepa, Tinchlik, Barlos, Shirmonbuloq, Qashqar, Boy mahallasi dexqon va tomorqachilari erishgan yutuqlari va yuqori daromad ko‘rish imkoniyatlari bo‘yicha o‘zlarining tajribalarini so‘zlab, tegishli tavsiyalarini berdi.

Seminar o‘tkazilgan xonadoning umumiy ekin maydoni 5 sotix bo‘lib, bugungi kunda to‘qsonbosdi usulida sarimsoqpiyoz ekib parvarishlanmoqda. Tomorqa egasi yiliga 2-3 marta hosil olinib, 15-20 million so‘m daromad qilinmokda.

Bundan tashqari o‘quv amaliy seminarda Ishtirokchilar o‘zlarining tajribalari, fikr va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Bunday mahorat darslari viloyatning boshqa tumanlari bo‘yicha davom ettirish rejalashtirilgan.

M.Muxammadiyev,
O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘lim boshlig‘i