Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonadonlarda pilla yetishtiruvchilarga 122 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari o‘tkazib berildi
14:28 / 2022-10-01

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvargacha har yili yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosilining 1 kg uchun 5 ming so‘m miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchilarga respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratilishi belgilandi.

Shu kunga qadar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan 122 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari o‘z vaqtida tadbirkorlar hisobiga o‘tkazib berilgan.

Ushbu amaliyot tizimda birinchi bor qo‘llanilayotganligi uchun uning qonuniy tarzda ishlatilishi, egalariga o‘z vaqtida yetib borishini nazorat qilish maqsadida sohada Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzildi.

Xususan, ishchi guruh respublikamizning barcha viloyat hududlarida subsidiya mablag‘larining to‘g‘ri ishlatilishi yuzasidan taftish ishlarini boshladi. Jumladan, ular Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib, kasanachi hamda pillakorlarga ajratilayotgan subsidiyaning qonun doirasida amalga oshirilishini nazorat qilib, bu borada tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA