Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
15:34 / 2026-03-06

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan farmon va qarorlar asosida hududlarda aholining turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida ham aholini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, ayniqsa, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman markazidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Sari oltin” ovul fuqarolar yig‘ini “Begjap” aholi punktida uzoq yillar davomida aholini ichimlik suvi muammosi qiynab kelayotgan edi. Mazkur masala yuzasidan OʻzLiDePdan tuman Kengashi deputati D.Ametov tomonidan 2025-yilda “Qoraqalpoq suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Qonliko‘l tumani bo‘limiga  deputatlik  so‘rovi kiritilgan edi.

Hozirda, hududdagi 175 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 1 ming 200 nafardan ortiq fuqaroni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tarmog‘ini tortish ishlariga start berildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangi ishning boshlanishi bilan qutladi. So‘zga chiqqanlar amalga oshirilayotgan ishlarni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash muhimligini alohida ta’kidladi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.