Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xonadondan 45 kilogramm giyohvandlik vositasi chiqdi
10:39 / 2022-01-29

Toshkent viloyati hududida giyohvandlikning har qanday turiga qarshi keskin va murosasiz kurashish va bu orqali jamiyatda sog‘lom muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, viloyat IIBB va Yangiyo‘l shahar IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Yangiyo‘l shahar “Qovunchi tepa” mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, ushbu fuqaro uyining omborxonasida 8 qop va 2 karton qutida vazni taxminan 25 kilogramm, xonadonning tom qismida 20 kilogramm “marixuana” giyohvandlik vositasi yashirilgani va uni zotli it yordamida qo‘riqlab kelgani aniqlandi. Inson hayotiga zomin bo‘luvchi bu og‘ular xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q. ga nisbatan Yangiyo‘l shahri IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.Musayev,O‘zA.