Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Xonadonbay" usulda kartoshka urug‘chiligi rivojlanmoqda
15:35 / 2025-08-26

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va sifatli mahsulot yetishtirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, "Mulkush", "Qoris quduq" va "Gulchambar" mahalla fuqarolar yig‘inlshariga qarashli 35 ta xonadonning jami 4,74 gektar yer maydonlari kartoshka ekish uchun tayyorlandi. Ushbu yer maydonlariga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida yetishtirilgan mahalliy tezpishar “Toshkent ertagisi” va “O‘zbekiston qizili” navlaridan 15 tonna urug‘lik kartoshka olib kelinib ekildi. Ayni paytda  kartoshkalar undirilib, parvarishlanmoqda.

Shuningdek, tumanda aholi tomorqalaridan yanada samarali foydalanish maqsadida 15 ta xonadonning 1,5 gektar yer maydoniga  piyoz urug‘lari ham ekilib, resurs tejamkor texnologiya asosida parvarishlanmoqda. Ushbu tadbir aholi ehtiyoji uchun sifatli mahsulot yetishtirish, shuningdek, bozorda ichki talabni qondirishga xizmat qiladi.

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan urug‘liklar uchun o‘rtacha 200 million so‘m sarflanib, aholi tomorqalarida ilmiy tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Bu esa qishloq aholisi uchun nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki uy xo‘jaliklari ehtiyojini qondirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulnoza Boboyeva,O‘zA