Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Xonadonbay» ishlash tizimi: oilalardagi muammolar o‘rganildi
09:31 / 2022-08-09

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, muammolarni aniqlab, ularga aniq choralar ko‘rishda «xonadonbay» tizimi samarali natija beryapti.

Aynan shu tizim orqali Buxoro viloyati Vobkent tumani «Shifokor» mahallasidagi xonadonlar o‘rganildi.

Tuman IIB HPB 217-sonli TP profilaktika inspektori  Yusuf Nasullayev va mahalla raisi D.Hayitovalar ishtirokida aholining ijtimoiy holati, sharoiti o‘rganildi.

O‘rganishlarda aholi bilan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida keng qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Darhaqiqat, hududni obodonlashtirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ro‘yxatlariga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar kabi tashabbuslar odamlarda ertangi kunga umid uyg‘otadi.



O‘zA