English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xon atlas milliylik timsoli
14:01 / 2022-10-02

Atlas va adras yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Milliy matolarimizning muxlislari bugun butun dunyoda topiladi. Ushbu jihatlar 28-29 sentyabr kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Xon atlas” festivalida ham o‘z ifodasini topdi.

“O‘zmilliybank” AJ xodimlari zamonaviy bank xodimi tasvirini yaratishda milliylik elementlarini qo‘shish g‘oyasini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi. Ushbu ikki kun davomida bank xodimining qat’iy kiyinish qoidalari milliy atlas va adras liboslari elementlari bilan uyg‘unlashtirildi. Bu esa o‘z navbatida xodimlar qiyofasiga joziba va milliy merosi bilan faxrlanish hissini uyg‘otdi. Kiyimlarga yorqin ranglarni kiritish bayramga daxldorlikning o‘ziga xos muhitini yaratdi, buni bank xodimlari va mijozlari alohida ta’kidladi. 

– Bankka kirib kelishim bilan ko‘zim quvnadi, – deydi bank mijozi Gulhayo Izzatullayeva. – Soha xodimlarining milliy libosi havasim va iftixorimni oshirdi. Bu kabi festivallarning tashkil etilishi o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida milliy qadriyat, an’ana va urf odatlarimizga nisbatan hurmati oshishi bilan ham ahamiyatlidir.  “Xon atlas” milliy liboslar festivali “O‘zmilliybank” AJ ning viloyatlardagi har bir bank filialida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 


Nilufar Bozorova,  
Davron Ernazarov (surat), O‘zA