French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xon atlas” festivalida milliy liboslarimiz namoyishi
18:35 / 2022-09-30

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimizda “Xon atlas” milliy matolar festivali o‘tkazildi.

Atlas matosi go‘zalligi, qadimiyligi, betakrorligi, dunyoning hech qaysi chekkasida uchramasligi bilan qadrlidir. Taassufki, keyingi paytlarda globallashuv yoki zamonaviylikning ta’sirimi, ushbu matodan tayyorlangan liboslarni ko‘pincha konsert dasturlarida, raqqosalar egnida uchratish mumkin bo‘lib qoldi. Vaholanki, AQSH, Italiya dizayner va modelerlari ushbu matoga o‘z kolleksiyalarida takror va takror murojaat etmoqdalar.

[gallery-8986]

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.

Festival doirasida poytaxtimizdagi “Tashkent city” majmuasida atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar namoyishi, musiqiy dastur, rang-barang madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Nazokat Usmonova, Davron Ernazarov (surat), O‘zA