English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xomrabot”da bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
15:12 / 2023-10-05

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Xomrabot mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mahallada 6 ta qishloq mavjud bo‘lib, 807 ta oilada 3307 nafar aholi istiqomat qiladi.

– Dastur doirasida mahallamizda 2,8 km umumfoydalanuvdagi yo‘llar joriy ta’mirlanib, 1 km yo‘lga shag‘al to‘kildi. 5,6 km yo‘l esa asfalt qilinishi rejalashtirilgan, – deydi MFY raisi Iskandar Egamov. – Elektr energiya ta’minotini yaxshilash maqsadida jami 13,3 km kabellar yangilanib, 2 ta transformator punkti, 275 dona temir beton tayanch ustuni o‘rnatildi. Aholi murojaati va talablaridan kelib chiqib, qo‘shimcha yana 25 dona temir -beton tayanch ustuni olib kelindi. Oldindan mavjud 8 ta transformator punktida esa mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mahallada uzoq yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolar ko‘p. Shunday muammolardan biri ichimlik suvi muammosidir. Mahalla aholisining markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 28,1 km ichimlik suvi tarmoqlari tortish rejalashtirilgan. Bugunga qadar 4,5 km ichimlik suvi quvurlari tortildi.

Shuningdek, 600 metr gaz quvurlari, 1 dona gaz tarqatish punkti joriy ta’mirlandi. Hududdagi 814 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilariga belgilangan reja- jadval asosida gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Mahallada piyodalar yo‘lakchasi qurilib, yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 2 ta qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borilib, tartibga keltirildi. Oilaviy shifokor punkti ta’mirlanib, kompyuter jamlanmasi hamda mebellar bilan ta’minlandi. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi esa qayta rekonstruksiya qilindi.

Ayni paytda aholi xonadonlarini tartibga keltirish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha obodonlashtirish ishlariga mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri