Aslida axborotni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatning dastlabki kurtaklari qadim-qadimda paydo bo‘lgan. Odamlarni ijtimoiy turmushda sodir bo‘layotgan voqealardan xabardor qilish, ularga axborot vositasida ma’lum g‘oyaviy-ruhiy ta’sir o‘tkazish turli shakl va usullarda namoyon bo‘lgan. Og‘zaki axborot notiqlar, jarchilar tomonidan yetkazilgan. Kishilik taraqqiyoti tarixida yozuvning ixtiro etilishi va natijada yozma adabiyotlarning paydo bo‘lishi axborot almashinuvida keskin burilish yasadi.
Ma’lumki, o‘zbek jurnalistikasi uzoq yillik tarixga ega. Sohada har qancha faxrlanishga arziydigan zabardast o‘zbek jurnalistlari bisyor. Ana shu tarixni tadqiq etish, o‘z davrining yetuk va fidoyi qalamkashlari haqidagi ma’lumotlarni, ularning eng sara ijod namunalarini kelgusi avlodlarga yetkazish muhim vazifa.
Qayd etish joizki, o‘zbek jurnalistikasi butun dunyoda mavjud bo‘lgan tarixiy tajribalar hamda zamonaviy tendensiyalarni o‘zida sinab ko‘rmoqda va bugungi kunga kelib o‘ziga xos, betakror qiyofaga ega bo‘ldi.
Yaqinda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘zbek jurnalistikasining rivojlanish tarixi va bugungi taraqqiyotiga oid antologiyani yaratish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda milliy jurnalistikamizning qadimgi davridan ayni paytgacha bo‘lgan davri bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiruvchi ishchi guruhlari tuzilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan edi.
Nashrga tayyorlanayotgan “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobi xususida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Bu haqda batafsil O‘zAning “YouTube” kanalida tanishishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/f3Aa6hkcvn4" title="Xolmurod Salimov: O‘zbek jurnalistikasi kecha paydo bo‘lgani yo‘q!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
O‘zA