Xolmirzayev Ulug‘bek Abdulazizovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida bilimlar iqtisodiyotini rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida) mavzusida
Xolmirzayev Ulug‘bek Abdulazizovichning 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida bilimlar iqtisodiyotini rivojlanishini ta’minlash metodologiyasini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida) mavzusidagi (iqtisodiyot fanlari bo‘yicha) fan doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.09.2024.I.55.03 raqamli Ilmiy kengashining 2025 yil 5 iyun kuni soat 14:00 dagi onlayn (masofaviy) majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 220100, Urganch, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy, 3-bino, T.-110
Tel/faks: (998 62) 224-67-00, (998 62) 224-57-00
e-mail: info@urdu.uz