“Quyosh ichki qatlamlari xususiyatlarini fazo-vaqt gelioseysmik usullar orqali tekshirish” mavzusida
Xolikov Shukirjon Sodiqovichning 01.03.01 – Astronomiya ixtisosligi bo‘yicha “Quyosh ichki qatlamlari xususiyatlarini fazo-vaqt gelioseysmik usullar orqali tekshirish” mavzusidagi e’lon qilingan ilmiy ishlar bo‘yicha dissertatsiyasiz fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdimnoma himoyasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 1-avgust kuni soat 17:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, 108-katta majlislar zali.
Tel.: (99871) 237-09-61; faks: (998 71) 234-48-67
e-mail: info@ifar.uz