Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xolid al-Falix: Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston har jihatdan o‘xshash mamlakatlar
11:57 / 2022-03-24

Toshkent Xalqaro investitsiya forumida qatnashish uchun dunyoning o‘nlab rivojlangan davlatlaridan sohaning yuqori martabali vakillari yetib kelishgan. Ulardan biri, Saudiya Arabistoni Qirolligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih OAV vakillariga qisqacha intervyu berdi:

- Avvalo, Saudiya Arabistoni bilan O‘zbekiston har jihatdan o‘xshash mamlakatlar ekanligini ta’kidlamoqchi edim.

Men O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda juda katta o‘zgarishlar yuz berayotganiga guvohman. Bu uzoqni ko‘ra bilish asosida olib borilayotgan siyosat samarasidir. Mamlakatda energetika, atrof muhitni asrash, tadbirkorlar bilan do‘stona muhitni shakllantirishga qaratilgan e’tibor tahsinga sazovor.

O‘zbekiston geografik jihatdan qulay, ya’ni Markaziy Osiyoning o‘rtasida joylashgan davlat. Bu savdo-sotiqni rivojlantirishga keng yo‘l ochadi. O‘zbeklar juda mehnatkash, shijoatli xalq. Shu bois turli mamlakatlar ishbilarmonlari respublikaga investitsiya kiritishni xohlaydi.

Ayni payt mamlakatlarimiz o‘rtasida quyosh va shamol energetikasi sohasida izchil hamkorlik mavjud. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish va oziq ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ham sheriklik yo‘lga qo‘yilyapti.

Ta’kidlash joiz, moliyaviy hamkorlik biz uchun juda qiziq yo‘nalish hisoblanadi. Kelajakda sog‘liqni saqlash inshootlarini raqamlashtirish, o‘g‘it ishlab chiqarishda ham ishtirok etishni rejalashtiryapmiz. Qolaversa, kichik va o‘rta biznesni jadallashtirish, nafaqat shaharda, balki qishloqlarda ham shu sohani rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni hayotga tatbiq qilish niyatimiz bor.

Go‘zal Sattorova, O‘zA