Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xokkeychilarimiz jahon chempionatidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
07:04 / 2025-04-14

Armanistonning Yerevan shahrida xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasida tashkil etilgan Jahon chempionatining IV divizion bahslarini O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi.

Xokkeychilarimiz musobaqaning ilk turida Quvayt termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 13:3 hisobida zafar quchdi. Darvoqe, bu o‘yin mamlakatimiz xokkey tarixida terma jamoamizning jahon chempionatidagi ilk g‘alabasi sifatida o‘chmas iz qoldirdi. Shuningdek, ushbu turda Indoneziya 2:1 hisobida Eronni taslim qilgan bo‘lsa, Armaniston va Malayziya bahsi 24:3 hisobida yakunlandi.

Bugun, 14 aprel kuni xokkeychilarimiz chempionatdagi ikkinchi o‘yinini mezbon Armanistonga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. Musobaqa 19 aprelga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA