Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xokkey: “Semurg‘” seriyada hisobni tenglashtirdi
11:52 / 2019-04-11

Kecha xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionatining pley-off bosqich final uchrashuvlari davom ettirildi.


Kecha xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionatining pley-off bosqich final uchrashuvlari davom ettirildi.

Finaldagi seriyaning ilk qarama-qarshiligida “Binokor” jamoasiga 5:2 hisobida imkoniyatni boy bergan “Semurg‘” xokkeychilari bu gal g‘alaba uchun astoydil harakat qildi. O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi – 4:4. Natijada jamoalar 5 daqiqadan iborat yana ikkita davrada kuch sinashishdi.

Ko‘pchilik o‘yin g‘olibi bullitlar seriyasida aniqlanishini taxmin qilib turgan bir pallada “Semurg‘” jamoasi a’zolari g‘alaba shaybasini kiritdi: “Binokor” – “Semurg‘” – 4:5.

Shu tariqa seriyada hisob tenglashdi – 1:1. Eslatib o‘tamiz, qaysi jamoa birinchi bo‘lib 3ta g‘alabaga erishsa, xokkey bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.

Binokor-Semurg (1).jpg

Binokor-Semurg (2).jpg

Binokor-Semurg (4).jpg

Binokor-Semurg (5).jpg

Binokor-Semurg (7).jpg