Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xokkey: Oʻzbekiston chempionatida “Semurgʻ” peshqadamga aylandi
10:33 / 2019-02-11

8 fevral kuni poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida boshlangan xokkey boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionatida 2-tur oʻyinlari ortda qoldi.


8 fevral kuni poytaxtimizdagi “Ice City” majmuasida boshlangan xokkey boʻyicha Oʻzbekiston birinchi chempionatida 2-tur oʻyinlari ortda qoldi.

Kecha boʻlib oʻtgan kunning birinchi oʻyinida “Semurgʻ” jamoasi mamlakatimiz xokkeyi tarixida oʻz oʻrniga ega “Binokor” ustidan 6:5 hisobida gʻalaba qozonganligi haqida xabar bergandik.

2-tur doirasidagi ikkinchi oʻyinda esa “Xumo” va “Toshkent” jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bu oʻyinda ham darvozalar 11 marotaba ishgʻol etildi. Yakuniy hisob 6:5, “Xumo” foydasiga.

photo5406972567484475743.jpg

Shunday qilib 2-tur oʻyinlaridan keyin Oʻzbekiston birinchi chempionati bahslarida “Semurgʻ” jamoasi peshqadamlikni oʻz qoʻliga oldi. Ular hisobida ikki gʻalaba bor. “Xumo” va “Toshkent” jamoalari esa bittadan gʻalaba va magʻlubiyat qayd etishgan. Hozircha “Binokor” jamoasining ishlari yurishmayapti. Ular har ikki oʻyinda ham imkoniyatni boy berishgan. Navbatdagi 3-tur oʻyinlari 15 fevral kuni oʻtkaziladi. Unda “Semurgʻ” – “Toshkent” hamda “Binokor” – “Xumo” jamoalari oʻzaro musobaqalashadi.

Eslatib oʻtamiz, birinchi bor oʻtkazilayotgan muntazam chempionat bahslari 17 martda yakunlanadi. 20 martdan esa ikki raunddan iborat pley-off bahslariga start beriladi. Bu bosqichda oʻyinlar uchta gʻalabagacha davom etadi.