Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xokkey: “Humo”da ilk g‘alaba, “Traktor”da ikkinchi mag‘lubiyat
11:33 / 2019-04-29

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida xokkey bo‘yicha “To‘rtlar turniri” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.


Xabar berganimizdek, ayni kunlarda ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyida xokkey bo‘yicha “To‘rtlar turniri” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkentning “Humo” jamoasi tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro turnirda Rossiyadan Moskvaning “Spartak” va “Dinamo”, shuningdek Chelyabinskning “Traktor” jamoalari yosh xokkeychilari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.

Kechagi dasturda dastlab muz maydoniga Rossiyaning ikki nomdor, shu bilan birga o‘zaro prinsipial raqiblar bo‘lgan “Spartak” hamda “Dinamo” jamoalari chiqib keldi. Qiziqarli kechgan o‘yinning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi, bullitlar seriyasida esa omad “Spartak” jamoasiga kulib boqdi: “Spartak” – “Dinamo” – 4:3.

Ikkinchi o‘yinda “Humo” xokkeychilari “Traktor” (Chelyabinsk) jamoasi yoshlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yurtdoshlarimizning qo‘llab-quvvatlashi yordam berdi shekilli bu safar hamyurtlarimiz ancha ishonchli harakat qildi va shiddatli kechgan bahsda g‘alaba nashidasini surdi: “Humo” – “Traktor” – 7:5.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki kungi o‘yinlarda “Dinamo” “Traktor” ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Humo” “Spartak”ka yutqazib qo‘ygan edi. Shu tariqa “To‘rtlar turniri”da 2-turdan keyin “Spartak” peshqadamlikni qo‘lga olgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarda “Dinamo” va “Humo” jamoalari borishmoqda.

Bugun musobaqaning so‘nggi kuni doirasida soat 12:00da “Traktor” (Chelyabinsk) peshqadam “Spartak” bilan kuch sinashsa, kechki soat 19:00da esa “Humo” – “Dinamo” bahsi bilan yurtimizda tashkil etilgan ilk xalqaro xokkey turniriga yakun yasaladi.

Humo-Arena (2).jpg

Humo-Arena (6).jpg

Humo-Arena (8).jpg

Humo-Arena (9).jpg